Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Xoland "Barselona"ga signal yubordi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Erling Xoland «Barselona»ga oʻtadimi?

«Manchester Siti»ning yulduz hujumchisi Erling Xoland kelajakda «Barselona» safida to‘p surishi mumkin. Bu haqida jurnalist Juan Jezus xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, norvegiyalik futbolchining atrofidagi odamlar ilk bor kataloniyaliklar tomon qadam qo‘ygan. Bir necha marta tasdiq olinganidan so‘ng, hujumchi vakillari «Barselona» rahbariyatiga ehtimoliy transfer uchun taxminiy summa hamda maosh bo‘yicha talablarni yetkazgan.

Shu bilan birga, bu xabar Xoland tez orada «Manchester Siti»ni tark etadi, degani emas. Erling klubda o‘zini juda xotirjam his qilayotgani, shuningdek, shartnomasini 2034 yilgacha uzaytirgani aytilmoqda. Ammo kelajakda u jamoa almashtirishga qaror qilsa, manba ta’kidlashicha, uning karerasini davom ettirish uchun asosiy va yagona varianti sifatida aynan «Barselona» ko‘rilmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q