Xoland: Bu endi avvalgi “Siti” emas!

  • 13.09.2025 12:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” etakchi hujumchisi Erling Xoland oxirgi ikki transfer oynasi davrida jamoa tarkibida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berganiga munosabat bildirdi.

Xususan, manchesterliklar o‘tgan yozning o‘zida 200 million evroga yangi ijrochilarni olib keldi va chiqish transferlaridan 70 million evro ishlab oldi. 2025 yilning yanvarida Abduqodir Husanov, Umar Marmush, Niko Gonsales va Vitor Reys uchun “Manchester Siti” 200 million evrodan ko‘proq mablag‘ sarflagan edi.

- Jamoadan juda ko‘p muhim o‘yinchilar ketdi va endi yangi kelganlar o‘z so‘zini aytishi kerak. Bu jamoada anchadan beri o‘ynab kelayotgan, xususan o‘zim ham, mas’uliyatni bo‘ynimizga olishimiz kerak. Shuningdek, yangi kelganlarning jamoaga tezroq moslashib ketishiga ko‘maklashishimiz muhim ahamiyat kasb etadi.

Tabiiyki, ayrim futbolchilarga yangi sharoitga moslashish uchun vaqt kerak bo‘ladi. Biz bir birimizga yordam berishimiz lozim. O‘tmish ortda qoldi. Endi “Siti” avvalgidek emas, o‘zgarishlar katta bo‘ldi. Bundan foyda chiqarish mumkin, chunki bizda umuman boshqa sifatlar paydo bo‘ldi, - dedi Erling Xoland.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!