Xoland jarohat oldi
"Сити" xavotirda
Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Holand Millatlar ligasida Portugaliyaga qarshi o‘yinda jarohat oldi.
Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarda 26 yoshli futbolchi davom eta olmasligini ishora bilan ko‘rsatdi va 67-daqiqada maydonni tark etdi. «Manchester Siti» forvardining jarohati qay darajada jiddiy ekani haqidagi rasmiy ma’lumot keyinroq e’lon qilinishi kutilmoqda.
Erling Holand Portugaliyadagi safar uchrashuvida gol ura olmadi. U almashtirilgan paytda tabloda 1:1 hisob yozib turgan edi. Norvegiya terma jamoasining yagona golini himoyachi Kristofer Ayer urdi. Oradan ko‘p o‘tmay, «shaharliklar» yulduzi maydonni tark etganidan so‘ng mezbonlar hisobda oldinga chiqishdi – 2:1.
11 oktyabr kuni «Manchester Siti» Premyer-ligada «Liverpul»ga qarshi muhim bahs o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Izohlar (0)