Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Xoland keyingi manzili aniq

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

To‘purar uchun kurash avjiga chiqyapti

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand jamoaga nisbatan jiddiy jazo choralari qo‘llanilsa, klubni tark etishi mumkin.

Football Insider xabariga ko‘ra, agar manchesterliklar pastroq divizionga tushirib yuborilsa, norvegiyalik forvard «Arsenal» emas, aynan «Barselona» safiga o‘tishni afzal ko‘rar ekan. Shuningdek, 26 yoshli to‘purar «Real» ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, Holandni ayniqsa Ispaniya chempionatida o‘ynash imkoniyati o‘ziga jalb qilmoqda.

Joriy mavsumda u barcha musobaqalar doirasida maydonga yetti marta tushib, yetti bor raqib darvozasini ishg‘ol etgan. Holand 2022 yil iyul oyidan buyon «Manchester Siti» sharafini himoya qilib kelmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q