Xoland "Manchester Siti" afsonasiga aylanib bormoqda
Yana bir tarixiy natija
«Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand Chempionlar ligasida klub tarixidagi eng samarali to‘purarga aylandi.
Norvegiyalik futbolchi bugungi uchrashuvda «PSJ» darvozasini 53- va 75-daqiqalarda ishg‘ol etdi. Shu tariqa u «shaharliklar» safida Chempionlar ligasidagi gollar sonini 38 taga yetkazdi. Bu natija 41 o‘yin hisobidan qayd etilgan.
26 yoshli forvard shu bilan musobaqada klubning eng yaxshi to‘purari bo‘lib kelgan Serxio Agueronni ortda qoldirdi. Argentinalik sobiq hujumchi «Manchester Siti» tarkibida Chempionlar ligasida 64 o‘yinda 36 gol urgan edi.
Shunga qaramay, Holanning dubli manchesterliklarni qutqara olmadyapti: hozircha «Etihad»dagi bahsda hisob «PSJ» foydasiga 4:2. Agar vaziyat keskin o‘zgarmasa, jamoa yozda Xosep Gvardiolani almashtirgan Enzo Mareska qo‘l ostida ilk mag‘lubiyatini qayd etadi.

Izohlar (0)