Xoland: Mbappe borligini unutmang!
“Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland gollar seriyasini davom ettirib, Angliya Premer-ligasining ettinchi turida “Brentford” darvozasini ham ishg‘ol qildi.
“Shaharliklar”ga g‘alaba keltirgan ushbu gol 25 yoshli forvard uchun yangi chempionatdagi 9-gol bo‘ldi.
O‘yindan keyin jurnalistlar Erlingdan Evropa ligalarining eng zo‘r to‘purariga beriladigan “Oltin butsa” uchun kurashda “Bavariya” hujumchisi Harri Keyn bilan o‘zaro raqobat haqida so‘rashdi.
- Siz Harri Keyn bilan raqobat haqida so‘rayapsiz. Lekin Kilian Mbappe borligini ham unutmanglar, - dedi Erling Xoland.
Ayni paytda “Oltin butsa” reytingida Bundesligada raqiblar darvozasini 11 bor ishg‘ol qilgan Harri Keyn peshqadamlik qilmoqda. Erling Xoland va Kilian Mbappe hisobida to‘qqiztadan gol bor.



Fikrlar