Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Xoland: Men Braziliyani yaxshi ko‘raman!

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Erling Xoland Braziliyaga qarshi JCh-2026 1/8 final o‘yini­ni o‘zi uchun o‘ta maxsus deb atadi.

"Jahon chempionati-2026" 1/8 finali oldidan Norvegiya terma jamoasi yetakchi hujumchisi Erling Holand Braziliyaga qarshi bahsdan nima kutayotgani haqida gapirib o‘tdi. "Manchester Siti" forvardi bolaligidan braziliyalik futbolchilar o‘yinini kuzatib borganini va ushbu uchrashuvni o‘zi uchun alohida ahamiyatga ega deb hisoblashini ta’kidladi.

"Braziliya — men bolaligimdan kuzatib kelgan jamoa. Qachondan beri eslasam, ularda doim ajoyib futbolchilar jamlangan. Shuning uchun Braziliyaga qarshi maydonga tushish men uchun o‘ta maxsus va ishonarsiz darajada hayratlanarli bo‘ladi. Bu juda go‘zal va hayratomuz mamlakat. Bu o‘yin haqiqiy katta voqeaga aylanadi! Agar sen Braziliya bo‘lsang, dunyodagi eng yaxshi futbolchilarga ega bo‘lishing mumkin, chunki bu — Braziliya. Men Braziliyani yaxshi ko‘raman!" — deya Holandning so‘zlarini The Touchline nashri keltiradi.

Holand joriy musobaqadagi uch uchrashuvda beshta gol urdi. U guruh bosqichining so‘nggi turida Fransiyaga qarshi o‘yinda maydonga tushmadi. Braziliya — Norvegiya uchrashuvi 5 iyul kuni Ist-Raterford shahrida bo‘lib o‘tadi. G‘olib jamoa chorak finalga yo‘l oladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q