Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Xoland Norvegiya aviakompaniyasini sudga berdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Erlingni jahli chiqdi

«Manchester Siti» va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xolann Norvegiyaning Norwegian Air Shuttle aviakompaniyasiga qarshi sudga murojaat qildi. Bu haqida The Touchline nashri xabar berdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, aviakompaniya reklama roligi uchun Xolanning o‘ziga xos soch turmagidan foydalangan. Futbolchining sochi tasviri fototahrir dasturi orqali samolyot suratiga qo‘yilib, ustiga «Biz hech qachon bu qadar norvegcha ko‘rinmaganmiz!» degan shior yozilgan.

Ushbu reklama orqali kompaniya aviachiptalar sotuvini rag‘batlantirgan. Biroq Xolanning tasviri undan ruxsat olinmasdan ishlatilgan. Shuning uchun hujumchi Norwegian Air Shuttle kompaniyasini sud orqali javobgarlikka tortishga qaror qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2026/2027 yilgi mavsumda Erling Xolann klub darajasida o‘tkazgan yetti o‘yinda yetti gol urgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q