Xoland o‘z nomidan zerikdi

  • 14 oktabr, 2023, 22:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Norvegiya terma jamoasi va “Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland “Evro-2024” saralash turniri davomida Kipr bilan bo‘lgan o‘yinda qiziq holatga duch keldi.

Tecno

Kiprliklar o‘z maydonida norvegiyaliklarga 0:4 hisobida yutqazganiga qaramay, bahs davomida mezbon muxlislar Erling Xolandning nomini aytib, uni olqishlashdi.

Erling Xoland bunga quyidagicha izoh berdi.

- Ba’zan bunday holat bosim o‘tkazadi va men o‘z nomimni eshitaverib zerikib ketaman. Lekin muxlislarning bunday qo‘llab-quvvatlashini qadrlayman. Nolishga haqqim yo‘q, - dedi 23 yoshli forvard.

Erling Xoland Norvegiya terma jamoasi safida 27 marta maydonga tushib, o‘z hisobiga 27 ta gol yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!