Xoland o‘zini Messi va Ronalduga teng ko‘rmadi

  • 04.11.2025 19:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” to‘purari Erling Xoland o‘zini Lionel Messi va Krishtianuga taqqoslashlari haqidagi savollarga javob qaytarishiga to‘g‘ri keldi.

Avvalroq, “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola norvegiyalik forvard Messi va Ronaldu darajasida o‘ynayotganini, biroq ular 15 yildan beri yuqori saviyada o‘zini barqaror ko‘rsatib kelayotganini ta’kidlagan edi.

- Yo‘q, men Messi va Ronalduning darajasidan juda yiroqdaman. Hech kim ularga yaqinlasha olmaydi, - dedi Erling Xoland Manchester Evening News nashri jurnalistlariga.

Joriy mavsumda Erling Xoland barcha turnirlarda 17 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 20 marta ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga bir juft golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!