Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Xoland qanday qilib ko‘p gol uryapti?

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Buning o‘ziga yarasha siri bor

“Arsenal” jamoasining sobiq futbolchisi Freddi Yungberg “Manchester Siti” to‘purari Erling Xolandning o‘yiniga baho berdi.

Erling Xoland himoyachi bilan yonma-yon yugursa, unga hech kim etolmaydi. U har doim ta’qibchisidan kamida bir qadam o‘zim ketadi.

Aynan mana shu omil tufayli u ko‘p gol urishni uddalamoqda.

- Xolandning har bir harakati – texnikaning namoyishi bo‘lib qolgan. Erling ortiqcha harakat qidmaydi va shu orqali vaqtni tejaydi. To‘pni qabul qiladi, o‘ziga to‘g‘rilab oladi va zarba beradi.  B texnikaning yuksakligidan dalolatdir, - dedi Freddi Yungberg.

“Manchester Siti” forvardi joriy mavsumda Angliya Premer-ligasida 12 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini 13 marotaba ishg‘ol qildi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q