Asosiy mazmunga oʻtish

Xoland "Real"ga o'tishga rozi, ammo muammo bor

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Jamoa tanlash qiyin bo‘lyapti

«Manchester Siti» klubi hujumchisi, norvegiyalik Erling Holann kelajakda imkoniyat tug‘ilsa, «Real Madrid» safida faoliyatini davom ettirishga tayyor. Bu haqida El Nacional nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Holann Kilian Mbappe bilan bir jamoada to‘p surishdan qochmaydi. Ilgari tarqalgan xabarlarda esa ikki yulduz bir klubda o‘ynashni istamasligi haqida iddaolar paydo bo‘lgan edi.

Shu bilan birga, Holann atrofidagi ayrim maslahatchilar unga «Barselona» variantini ko‘rib chiqishni tavsiya qilmoqda. Ularga ko‘ra, Kataloniya klubida u o‘zini ancha erkin va qulay his qilishi mumkin. «Barselona» safida Rodri Ernandesning borligi, shuningdek, yosh iste’dod Lamin Yamal bilan birga o‘ynash imkoniyati ham kataloniyaliklar foydasiga keltirilayotgan asosiy dalillardan biri sifatida qayd etilmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q