Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Xoland "Real" va "Barsa" oʻrtasida tanlov qildi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Erlingga qaysi jamoa ma’qul?

Erling Holand kelasi yozdagi transfer oynasida dunyo futbolida eng ko‘p muhokama qilinadigan figuralardan biriga aylanishi mumkin. Ispaniyada chop etiladigan El Nacional nashri norvegiyalik yulduz hujumchi kelajagiga bag‘ishlangan navbatdagi maqolasini e’lon qildi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Holand o‘z qarorini allaqachon qabul qilgan: 2026/2027 yillgi mavsum «Manchester Siti» tarkibidagi so‘nggi mavsumi bo‘ladi. Klub atrofidagi moliyaviy qoidalar buzilishiga oid mojarolar esa Erlingning jamoani tark etish istagini yanada kuchaytirgani aytilmoqda.

El Nacional manbasi yozishicha, norvegiyalik hujumchi keyingi manzili sifatida Ispaniya chempionatini ko‘zlamoqda. Manbaning ta’kidlashicha, Holand «Real» emas, aynan «Barselona» safiga o‘tishni ma’qul ko‘rmoqda.

- Hozirgi paytda Flik boshqarayotgan loyiha Holandni Mourinyo jamoasiga nisbatan ancha ko‘proq o‘ziga jalb qilmoqda. «Real» tarkibida esa Mbappe va Vinisius borligi tufayli Erling uchun asosiy tarkibda doimiy o‘rin topish qiyin bo‘lardi. U Rafinya va Yamal bilan birga maydonga tushib, kuchli hujum uchligi shakllantirish g‘oyasiga ancha qiziqmoqda», — deya yozadi El Nacional.

26 yoshli Erling Holandni Transfermarkt portali mutaxassislari 220 million yevro atrofida baholamoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q