Xoland "Real" va "Barsa" oʻrtasida tanlov qilmoqda
To‘g‘ri qarorga kelish kerak
Manbalar Erling Holand mavsum oxirida «Manchester Siti»ni tark etishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Holand joriy mavsum yakunlangach «Manchester Siti»dan ketishi mumkin. Bu haqida El Nacional nashri xabar bermoqda.
Manbalarga ko‘ra, futbolchi allaqachon kelajakdagi klubi bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Hozircha uning uchun eng ustuvor yo‘nalish sifatida «Barselona» klubi ko‘rilmoqda.
Shu bilan birga, Holand Madriddning «Real» jamoasiga o‘tish ehtimolini ham ko‘rib chiqayapti.
Biroq norvegiyalik forvard Kilian Mbappe, Vinisius Juniyor, Jud Bellingem va Yan Diomande kabi yulduzlar jamoadagi kuchlar nisbatiga qanday ta’sir qilishi mumkinligidan xavotirda ekani ta’kidlanmoqda.

Izohlar (0)