Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Xoland Ronalduni ortda qoldiradi"

Jahongir Inomjonov
Izohlar: 0

Gvardiola hujumchining EChL tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lishini aytdi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Erling Xolanding kelajakda Chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lish imkoniyatini baholadi.

"Napoli"ga qarshi o‘yinda norvegiyalik hujumchi turnirdagi 50-golini urdi va bu ko‘rsatkichga rekord darajada tez - atigi 49 ta o‘yinda erishdi. Chempionlar Ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar 140 ta gol urgan Krishtianu Ronaldu bo‘lib qolmoqda.

Gvardioladan Xoladning portugaliyalik hujumchidan o‘zib ketish imkoniyati haqida so‘rashganda, u: "Bunday sur’atda davom etsa- ha. Erlingning oldida yana 10-12 yil yuqori darajadagi o‘yinlar bor," deya javob berdi.

Hozirgi vaqtda 25 yoshli Xoland reytingda Terri Anri bilan to‘qqizinchi o‘rinni egallagan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q