Xoland Ronalduning natijasini takrorladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Erling Xoland shaxsiy sovrinlar borasida Krishtianu Ronalduning yutug‘ini takrorladi.

"Manchester Siti" hujumchisi UEFA talqini bo‘yicha 2022/23 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U avvalroq Angliya Futbol Jurnalistlari Assotsiatsiyasi (rekord farq bilan) va Professional Futbolchilar Uyushmasidan ham shunday sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

Bir yil ichida uchta sovrinni qo‘lga kiritgan oxirgi futbolchi 2008 yilda Krishtianu Ronaldu bo‘lgan. O‘sha yili u birinchi marta "Oltin to‘p"ni ham yutgandi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!