Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Xoland va Olise bir jamoada o‘ynamoqchi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Reja bir joydan chiqib qoldi

«Bavariya» jamoasi vingeri Maykl Olise va «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland kelajakda Madridning «Real» tarkibida to‘p surishni istamoqda. Bu haqida El Nacional nashri xabar berdi.

Manba ma’lumoticha, 2027 yil yozgi transfer oynasi so‘nggi yillardagi eng shov-shuvli va voqealarga boy davrlardan biriga aylanishi mumkin. Ta’kidlanishicha, Olise ham, Xoland ham joriy mavsum yakunlangach «Real»ga o‘tish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda, chunki har ikki futbolchi ham «Santyago Bernabeu»da o‘ynashni orzu qiladi.

«Bavariya» Olise bilan shartnomani uzaytirish tarafdori. Futbolchining o‘zi ham bunga qarshi emas, biroq u kelishuvda aniq miqdorda to‘lov miqdori (mablag‘ evaziga kelishuvni bir tomonlama bekor qilish sharti) belgilashini talab qilmoqda. Bu unga kelgusida Madrid klubiga o‘tish imkonini beradi. 

Xoland masalasida esa ko‘p narsa «Manchester Siti» moliyaviy qoidalarni buzgani uchun qanday jazoga duchor etilishiga bog‘liq bo‘lib turibdi.

Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, Xoland va Oliseni birgalikdagi transfer qiymati 400 million yevro atrofida baholanmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q