
Xolanddan zo‘r hujumchi paydo bo‘ldi
“Chelsi” afsonalaridan Jimmi Floyd Xasselbaynk “aristokratlar” safida porlay boshlagan Nikolas Jekson tez orada “Manchester Siti” to‘purari Erling Xoland darajasidan o‘zib ketishini ta’kidladi.
23 yoshli senegallik hujumchi o‘tgan chempionatda “Chelsi” safida 17 ta to‘p kiritgan edi. Nikolas londonliklar tarkibida ikkinchi mavsumini ham muvaffaqiyatli boshlab, to‘purarlik mahoratini namoyish qilyapti.
- Nikolas Jekson va Erling Xoland deyarli tengqur. Ular o‘rtasidagi asosiy farq Xolandning Chempionlar ligasi kabi top-darajadagi o‘yinlarda to‘plagan katta tajribasida. U “Zaltsburg”da porlagan davrlaridan beri katta turnirlarda qatnashib kelmoqda. Jeksonda bundan imkoniyat bo‘lmagan.
Jekson dunyoda eng zo‘r hujumchilardan biri sifatida e’tirof etilishi uchun ana shunday musobaqalarda qatnashishi, muhim uchrashuvlarda o‘zini ko‘rsatishi, muntazam gol urishi kerak. Shunda uning ham narxi 150 million funtga ko‘tariladi.
Jekson hamma narsani uddalay oladigan salohiyatga ega. U Erling Xoland eplolmaydigan ishlarni ham haqiqatan zo‘r bajaradi. U jahonning eng zo‘r futbolchisi bo‘lish imkoniga ega, - dedi Jimmi Floyd Xasselbaynk.
Fikrlar