Xolandni “Real”ga o‘tishga ko‘ndirishdimi?

  • 04.06.2026 17:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yevropa matbuotining yozishicha, “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand yozgi transferlar oynasi davrida Madridning “Real” klubiga o‘tishi mumkin.

El Chiringuito nashri ma’lumotiga koʻra, “Real” prezidentligiga nomzod Enrique Rikelme norvegiyalik futbolchi va uning otasi bilan to‘liq kelishuvga erishgan.

“Shaharliklar” to‘purari ham oʻz kuchini La Ligada, xususan, “Qirollik klubi”da sinab koʻrishga qarshi emasligi aytilmoqda.

Biroq futbolchiga amaldagi prezident Florentino Peres ham anchadan beri qiziqish bildirib kelmoqda va u ham yaqin vaqtlarda katta transfer haqida e’lon qilishini aytgan.

Transfermarkt mutaxassislari Erling Holandning bozor qiymatini 200 million yevro deb baholamoqda. Premyer-liganing eng yaxshi to‘purari iyul oyida 26 yoshga to‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!