Xolandning gol e'tiborsiz qolmadi
Hozir eng zo'r to'purar mana shu yigit
UEFA Millatlar Ligasi A divizioni guruh bosqichi doirasida Norvegiya va Portugaliya terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvda mehmonlar 2:1 hisobida zafar quchdi.
51-daqiqada skandinavlar hujumchisi Erling Holand oʻz hisobiga gol yozdirib qoʻydi.
Statistika portallarining taʼkidlashicha, shu gol orqali 26 yoshli futbolchi milliy jamoa safidagi gollar sonini 65 taga yetkazdi. Bu koʻrsatkichga erishish uchun u terma jamoa tarkibida jami 57 ta oʻyin oʻtkazgan.
Qiziq jihati shundaki, «Manchester Siti» forvardi ketma-ket yetti oʻyindan buyon (klub va terma jamoa uchrashuvlarini qoʻshib hisoblaganda) maydonni golsiz tark etmayapti. Shu davr mobaynida u raqiblar darvozasini 10 marta ishgʻol qilgan.

Izohlar (0)