Xollanddan dahshatli statistika

  • 26 oktabr, 2023, 19:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Norvegiyalik to‘purar Erling Xoland “Borussiya Dortmund” va “Manchester Siti” uchun o‘tkazgan oxirgi 100 ta uchrashuvida dahshatli statistika qayd etdi.

Tecno

Manbalarning ta’kidlashicha, 23 yoshli hujumchi 100 ta o‘yinda 115 ta golda ishtirok etgan. Erling bu bellashuvlarda raqiblar darvozasini 96 marotaba ishg‘ol qilib, jamoadoshlariga 19 ta golli pas uzatgan.

Xolandning Norvegiya, Avstriya, Germaniya va Angliya klublaridagi barcha statistikasiga e’tibor qaratsak, u jami 250 o‘yinda qatnashib, o‘z hisobiga 198 ta gol va 47 ta assist rasmiylashtirgan.

Erling Norvegiya terma jamoasida ham to‘purarlik mahoratini namoyish qilyapti. Uning hisobida xalqaro maydonda 28 ta bahsda kiritilgan 27 ta gol bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!