"Xorazm" ikkita transferni e’lon qildi

  • 02.07.2024 16:43
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Pro ligada ishtirok etayotgan “Xorazm” klubi yozgi transfer ochilishi bilanoq ikkita transferni amalga oshirganini e’lon qildi.

Jumladan, 4 iyul kuni 30 yoshini qarshilaydigan hujumchi Murod Bobojonov rasman “Xorazm” a’zosiga aylandi. Aytish mumkinki, u o‘z uyiga qayti. Oxirgi jamoasi “Neftchi” klubi edi. Shuningdek, “Lokomotiv”, “Qizilqum”, “Buxoro”, “Metallurg” va “Surxon” klublarida ham to‘p surgan.

“Xorazm” bundan tashqari, “Xorazm FA” jamoasidan 29 yoshli hujumchi Sardor Matmurotov bilan ham shartnoma imzolanganligini rasman e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, bugun "Xorazm" klubi O‘zbekiston Kubogi nimchorak final doirasida Toshkentda "Olimpik Mobiuz"ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!