
Xorvat go‘zali Parijda g‘alaba qozondi
Frantsiya poytaxti Parij shahrida "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "French Open"ning ikkinchi davra bahslarida tennis malikalari raqobatlashmoqda.
Xorvatiyalik Petra Martich ushbu bosqichda mezbonlar vakili Kristina Mladenovichni 6:2, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa "Rolan Garros" turnirining uchinchi davrasida Martich chexiyalik Karolina Plishkovaga qarshi to‘qnash keladigan bo‘ldi.
Fikrlar