Xulian Al’vares "Atletiko"dan norozi
U klubdan ketmoqchi
«Atletiko» hujumchisi Xulian Al’vares Madrid klubi bosh murabbiyi Diego Simeone va jamoa boshqaruvidagi asosiy shaxslardan biri — general direktor Migel Anxel Xil Marin ning harakatlaridan jiddiy norozi.
AS nashri yozganiga ko‘ra, futbolchi va uning atrofidagi odamlar vaziyatni hal bo‘lgan, deb hisoblamaydi. Argentina terma jamoasi a’zosi «Atletiko»ni tark etib, «Barselona»ga o‘tish istagida qat’iy qolmoqda, klub rahbariyati esa hozircha ochiq bayonot bermayotgani qaramasdan.
Manba ma’lumoticha, Al’vares bu jarayondan qattiq ranjigan. U klubni o‘tgan yil mart oyidayoq ketish niyatidan xabardor qilgan. Shundan so‘ng Xil Marin yozma ravishda futbolchini 150 million yevro miqdoridagi taklif kelib tushsa, qo‘yib yuborishga va’da bergan. Qolaversa, aynan «Atletiko» general direktori o‘sha paytda Al’varesdan jahon chempionati davomida omma oldida ketish istagini ochiq e’lon qilishni so‘ragani ta’kidlanmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, hujumchi hozir klubning bu vaziyatga munosabatini umuman tushunmayapti va rahbariyatning qattiqqo‘l pozitsiyasidan juda norozi. Oxirgi kunlarda Xil Marin u va uning agenti bilan uchrashishdan bosh tortgan, payshanba kuni esa futbolchiga uning transferi bo‘yicha hech qanday shartga bormasligini ochiq aytgan. Shunga qaramay, Xulian transfer oynasi yopilguncha «Barselona»ga o‘tish masalasini hal qilishni istamoqda, biroq bu yo‘lda keskin, radikal qadamlar tashlashni rejalashtirayotgani yo‘q.

Izohlar (0)