Xusayn Norchaev: «Maqsadimiz ulkan!»

  • 17 may, 2021, 17:12
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 3
  • Futbol
BEPUL PROPAN

SPORTS.uz «Nasaf» jamoasi hujumchisi Xusayn Norchaev bilan ikkinchi tur oldidan suhbatlashdi.
Qarshining «Nasaf» jamoasi ayni damda Tojikistonda bo‘lib o‘tayotgan OFK kubogida ishtirok etayoganidan xabaringiz bor. «Ajdarlar» ilk turda «Oloy» klubi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda muhim g‘alabaga erishdi. Bahsda kiritilgan gollardan biriga mualliflik qilgan Xusayn Norchaevni suhbatga tortdik.

- Ilk uchrashuv haqida fikrlaringiz qanday?

- Ochig‘i, «Oloy» kutilganidek butun o‘yin himoyalanish va imkon bo‘lishi bilan qarshi hujumga o‘tish maqsadida maydonga tushdi. Biz ularni doimo bosim ostida ushlab turish vazifasi bilan maydonga chiqib keldik. Birinchi bo‘limda berilgan ko‘rsatmalarni bajardik, ammo gol ha deganda darvozadan o‘rin egallamadi. Shu bois, biroz asabiylashdik. Yaxshiyamki, ikkinchi taym startida gol urib oldik. Ana shundan so‘ng, elkamizdagi mas’uliyat ancha kamaydi. Bilasizmi, tinimsiz hujum qilgan jamoa gol urmasa, qarshi hujumni o‘tkazib yuborish xavfi oshadi. Yaratganga shukr, barchasi ko‘ngildagidek o‘tdi.

ijergijerihje

- Sun’iy chimda to‘p surish qiyin emasmi?

- To‘g‘risi, oson emas. Shunga qaramay, maydon tekis va to‘p surish uchun qulay ekanligini aytib o‘tishim shart. Mashg‘ulotlarni ancha avval boshlaganimiz qo‘l keldi. Sun’iy maydonda bemalol harakat qilishga o‘rganib qoldik. O‘ylashimcha, bu bizga katta muammo tug‘dirmaydi. Biz yaxshiroq moslashib olish uchun 2-3 kun avvalroq manzilga etib keldik. Bu birinchi o‘yinda qo‘l keldi. Hozircha, hammasi yaxshi.

- «Nasaf» jamoaviy o‘yinda eng kuchli klublardan biri sanaladi. Bu g‘alabaning asosiy omilimi?

- Menimcha shunday. Sababi bizning o‘yin uslubimiz shuni taqazo etadi. Har bir futbolchi o‘z vazifasini bajarishi kerak. Ana shunda, murabbiy talab etgan vazifani to‘liq bajarishimiz mumkin. Qanotlardagilar, markazdagilar uyg‘unlikda to‘p sursa, biz o‘z o‘yinimizni 100 foiz namoyish etishimiz mumkin. Ro‘ziqul Sa’dullaevich bizdan jamoaviy futbol o‘ynashimizni talab qiladi.

O‘zbekiston chempionati bilan OFK kubogi o‘rtasida farq qanday?

- Albatta farqi bor. Ichki birinchilikda baribir erkinroq to‘p surish mumkin. Superligadagi o‘yinlarda xotirjamlik bor. Bu uzoq masofaga cho‘ziladigan musobaqa. OFK kubogi esa, aksincha. 3 o‘yinda hammasi hal etiladi. Xato qilishga haqqimiz yo‘q. Boz ustiga, O‘zbekiston sharafini himoya qilish qo‘shimcha mas’uliyat yuklaydi. Bizdan xalqimiz chiroyli o‘yin kutmoqda. Nasib qilsa, ularni xursand qilish uchun bor kuchimizni ishga solamiz.

- Turnirdagi klub oldiga qo‘ygan asosiy maqsad nima?

- «Nasaf» o‘zi ishtirok etgan turnirning hammasida chempionlik uchun kurashadi. Bu bizdan avval ham shunday bo‘lgan, bizdan keyin ham hech narsa o‘zgarmaydi. Jamoamiz ahil va kurashdan qochmaydi. Maqsadimiz - chempionlik. Boshqacha bo‘lishi mumkin emas. Aks xolda, maydonga chiqishdan naf yo‘q. Biz o‘yindan-o‘yinga yaxshiroq to‘p surishga harakat qilamiz. Niyatimiz shu. Agar hammasi reja asosida ketsa, yakunda Qarshiga OFK kubogini ikkinchi bor olib kelmoqchimiz. Yaratgandan yuzimizni yorug‘ qilishini so‘rab qolamiz.

jerigjeirjger

- Jamoa muxlislariga so‘zlaringiz bo‘lsa, marhamat.

- Ularga sog‘lik va salomatlik tilayman. Bizni duo qilib turishsin. Nasib qilsa, ularni xursand qilamiz. Biz aynan shu maqsadda bu erga tashrif buyurdik. «Nasaf» butun O‘zbekistonni xursand qilish maqsadida maydonga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Abdushukurov O
17/05/2021 19:13
Olg'a! Nasaf"!
Akbarali Abdunazarov
17/05/2021 23:29
Хужумчи вазифаси вазиятдан фойдаланиш, мана шу иш буйича ишла, хужумчи уекдан буекка югуриш эмас, пайтни пойлаб гол урган хужумчи натижага эришади! Узингни устингда ишла!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
17/05/2021 20:54
Uka. harakating yahshi yoqoridan keladigan tuplarga yahshi harakat qilapsan. lekin shu uka uyindan keyin uzing uynagan uyinlarni tuliq kurib chiq va qayta qayta hulosa qil qerga qanday vaqt hato qilganingni. chunki joy tanlashla kup hato qilapsan. kerakli vaqt tupni tashlashni urniga kup ushlap qolasan. tup tashlab uzing ochilis urniga qolib ketasan. uyin holatidan.