
Xvicha nihoyat o‘zini ko‘rsatdi!
Xvicha Kvaratsxeliya besh uchrashuvdan buyon davom etayotgan "qora an’anasi"ga barham berdi.
"Napoli" vingeri A Seriyaning 16-turida "Kalyari" darvozasiga gol urdi (2:1).
Bu gruziyalik futbolchining 5 ta o‘yindagi ilk samarali harakati. U “Real” (2:4), “Inter” (0:3), “Yuventus” (0:1) va “Braga” bilan o‘yinlarda gol ura olmagan va golli uzatma ham amalga oshirmagan.
Italiya chempionatining 49 uchrashuvida Xvicha gol+pas tizimida 30 (17+13) ochko jamg‘argan.
Fikrlar