Yamal Alvaresni kutmoqda
Lamin Yamal Xulian Al’varesning «Barselona»ga o‘tishiga umid bildirib, uni jamoa o‘yin uslubiga juda mos futbolchi deb ta’kidladi.
Ispaniya terma jamoasi va «Barselona» vingeri Lamin Yamal Xulian Alvaresning kataloniyaliklar safiga o‘tishi mumkinligiga umid bildirmoqda.
«Biz uni „Barsa“da ochiq qo‘llar bilan kutib olamiz. Xulian — shubhasiz, hamma bir jamoada o‘ynashni istaydigan futbolchi... u „Barsa“ning o‘yin uslubiga juda mos keladi. U eng yuqori darajadagi o‘yinchi, buni hammamiz bilamiz. Umid qilamanki, u bizga qo‘shiladi», — deya ta’kidladi Yamal Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya terma jamoasi AQSh, Meksika va Kanada mezbonlik qilayotgan 2026 yildagi jahon chempionatida ishtirokini davom ettirmoqda. Chorak finalda Luis de la Fuente shogirdlari Belgiya qarshi maydonga tushadi.

Izohlar (0)