Yamal Angliyada to‘p tepmoqchi
“Barselona” bilan yangi shartnoma bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishgani aytilayotgan Lamin Yamal faoliyati davomida Angliyaning ikki arenasida o‘ynash orzumi borligini aytdi.
- Jahonda men hali bormagan bir nechta stadionlar bor. Ularning aksariyati Evropadan tashqarida. Qit’amizda ham men o‘ynashni orzu qiladigan zo‘r arenalar bor. Xususan, bular “Old Trafford” va “Enfild”, - dedi Lamin Yamal.
Ma’lumki, bu ikki stadion Angliya futbolida eng ko‘p – 20 marotadan chempionlikka erishgan “Manchester Yunayted” va “Liverpul” klublarining uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan arena hisoblanadi.
17 yoshli Lamin bugungi kunda dunyoning eng kuchli yosh futbolchisi hisoblanadi. “Barselona” rahbariyati bu o‘yinchi 18 yoshga to‘lishi bilan 2030 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma taklif qiladi.
Fikrlar