Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Yamal "Barsa"dagi holatdan norozi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Ayrim narsalar unga yoqmayapti

«Barselona»ning yosh vingeri Lamin Yamal jamoadoshi Alehandro Bal’de atrofidagi vaziyatdan jiddiy xavotirga tushgan.

22 yoshli chap qanot himoyachisi transfer oynasi yopilishi arafasida sotilishi mumkinligi aytilmoqda. Bosh murabbiy Hans-Diter Flik yaqinda «El’che»ga qarshi La Liga uchrashuvi uchun tarkibga Bal’dеni umuman kiritmadi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, futbolchi kelajagi borasidagi noaniqliklar tufayli to‘liq futbolda yig‘ilolmayapti.

Sport nashri yozishicha, aynan shu holat Lamin Yamalgа yoqmayapti. U klub rahbariyatining o‘zining yaqin do‘sti bo‘lgan Bal’degа nisbatan tutgan pozitsiyasidan mamnun emas.

Alehandro Bal’degа «Manchester Yunayted» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda, deya xabar beriladi. 

Ispaniyalik himoyachining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 50 million yevro atrofida baholanmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q