Yamal "Barsa" tarixida eng yosh sardorga aylandi

  • 10.09.2026 08:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona»ning yosh vingeri Lamin Yamal ilk bor jamoa sardori sifatida maydonga tushdi. U kapitanlik bog‘ini cho‘qqidagi bahs – cho‘qqidagi bahs – Chempionlar Ligasida «Feyenoord»ga qarshi o‘yinda taqdi. Chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan bellashuvda kataloniyaliklar raqib darvozasini 5:1 hisobida zabt etdi.

Lamin Yamal uchrashuvda bir bor gol urdi – u 77-daqiqada o‘z nomini tabloga yozdirdi. Blaugranation nashri ma’lumotiga ko‘ra, 19 yoshli Yamal «Barselona» tarixida kapitanlik bog‘ini taqqan eng yosh futbolchiga aylandi. Ilgarigi rekord Boyan Krkichga tegishli edi – u bu maqomga 20 yoshida erishgan.

«Barselona» navbatdagi uchrashuvini yakshanba, 13 sentabr kuni o‘tkazadi. Hans-Diter Flik shogirdlari La Liga doirasida safarda «Levante»ga qarshi maydonga tushishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!