
Yamal Braziliyaga ketdi
“Barselona” va Ispaniya terma jamoasi hujumkor fubolchisi Lamin Yamal Braziliyaga yo‘l oldi. 17 yoshli futbolchi yozgi ta’tilining bir qismini shu erda o‘tkazadi.
Ge.globo nashrining yozishicha, ispaniyalik yulduz ilgari “Barselona”da o‘ynagan mashhur futbolchi Neymar bilan uchrashishni rejalashtirmoqda.Gap shundaki, Lamin Yamal bolaligidan Neymarni kumiri, deb biladi va uning muxlisi hisoblanadi.
Yakunlangan mavsumda Lamin Yamal “Barselona” safida barcha turnirlarda 55 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 18 ta gol va 25 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Yil boshidan beri “Santos”da o‘ynayotgan Neymar esa, yurtiga qaytganidan keyin qadrdon jamoasi safida 14 marotaba maydonga tushib, uchtadan gol va assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar