Yamal: hech bir terma jamoa Ispaniya bilan teng o‘ynay olmaydi
Ispaniya terma jamoasi chorak finalda Bel’giyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, yarim finalda Fransiyaga qarshi o‘ynaydi.
18 yoshli futbolchining taʼkidlashicha, raqiblar asosan chuqur himoyalanishni tanlamoqda. Shu bois maydondagi kurash tashqaridan ko‘ringanidan ancha mushkul kechmoqda.
«Bizga qarshi maydonda teng o‘ynaydigan jamoa deyarli yo‘q. Hamma chuqur himoyaga o‘tib oladi, shu narsa o‘yinni yanada qiyinlashtiradi», — deya Yamal so‘zlarini insayder Fabrizio Romano keltiradi.
Ispaniyalik yosh hujumchiga ko‘ra, raqiblarning shunday zich o‘yiniga qaramay, uning jamoasi baribir kerakli natijani qo‘lga kiritmoqda. Chorak finalda Ispaniya terma jamoasi Bel’giyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi. G‘alaba golini Mikel Merino 88-daqiqada urdi.
Yarim finalda jamoa «Qizil furiya» Fransiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 14 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Izohlar (0)