Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Yamal Husanovning doʻstini haqorat qildi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Mag‘lubiyatga chidolmadi

Liga millatlari doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Angliya terma jamoasi safarda Ispaniyani 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Bellashuv tomoshabop o‘tdi, jami beshta gol urildi.

Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida Angliya yarim himoyachisi Elliot Anderson o‘z jamoasi darvozasiga belgilangan penaltiga sababchi bo‘ldi. U jarima maydoni ichida Lamin Yamalga nisbatan qoida buzdi. Hakam ushbu holat uchun Andersonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatdi.

Epizoddan so‘ng Lamin Yamal raqibini haqorat qilgani aytilmoqda. Vinger Andersonni «ahmoq» deb atadi va maydonni tezroq tark etib, kiyinish xonasiga yo‘l olishini talab qilgan. 

Bu haqida ElDesmarque nashri xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, Elliot Andersen yozgi transferlar davrida "Manchester Siti"ga rekord narxga ko‘chib o‘tdi. Angliyalik futbolchi yangi klubida ko‘plab o‘yinchilar, xususan, Abduqodir Husanov bilan do‘stona munosabatlarga ega.  

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q