Yamal "JCH-2026" finalidan so‘ng Messi nima deganini aytdi
Lamin Yamal JCh–2026 finalidan so‘ng Messini dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb atab, unga futbol uchun chuqur minnatdorchilik bildirdi.
Ispaniya terma jamoasi yulduzi Lamin Yamal Jahon chempionati–2026 finalidan so‘ng Lionel Messi bilan bo‘lib o‘tgan suhbatı haqida gapirib berdi. Ispaniya va Argentina o‘rtasidagi hal qiluvchi bahs yakuniga yetgan zahoti ikki futbolchi maydonda qisqa muloqot qilgan.
— Hech qanday o‘ta katta gaplar bo‘lmadi. Men unga faqat futbol uchun qilgan barcha ishlari uchun chuqur minnatdorchilik bildirdim. Unga «siz eng yaxshisiz» dedim. Men uni har doim, hech qanday shubhasiz, dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb bilganman — jahon chempionati va Kubok Amerikani yutganidan ancha oldin ham, — deya Lamin Yamalning so‘zlarini The Touchline nashri keltiradi.
Eslatib o‘tamiz, finalda Ispaniya Argentina ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu bilan birga, Lionel Messi milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlash qarorini qabul qilgani ma’lum qilindi.
Izohlar (0)