Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Yamal "Real" afsonasining rekordini yo‘qqa chiqardi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Endi Laminning nomi tilga olinadi

«La Liga»dagi navbatdagi tarixiy kechada Lamin Yamal  Ispaniya terma jamoasining asosiy qahramoniga aylandi. Uning yorqin o‘yini tufayli ispanlar Millatlar ligasida Xorvatiyani yirik hisobda mag‘lub etdi – 4:1.

«Barselona»ning yosh vingeri uchrashuvni faol boshladi: 2-daqiqada hisobni ochdi. 31-daqiqada esa Mark Pubilga aniq pas berib, unga gol urish imkonini yaratdi. 63-daqiqada Yamal yana bir bor o‘zini ko‘rsatib, dublini rasmiy qayd etdi.

Jurnalist MisterChip ma’lumotiga ko‘ra, Lamin Yamal Ispaniya terma jamoasi tarixida bir o‘yinda kamida ikki gol urib, kamida bir golli pas bergan eng yosh futbolchiga aylandi. U bu natijaga 19 yosh 78 kunligida erishdi.

Shu tariqa «sine-granatlilar» vakili madriddlik «Real» afsonasi Raul o‘rnatgan ko‘p yillik rekordni yangiladi. Raul bunday ko‘rsatkichga ilk bor 21 yosh 273 kunligida erishgan edi.

68-daqiqada Lamin Yamal maydonni tark etdi. Undan so‘ng ham Ispaniya hujumlarni to‘xtatmadi va Niko Uilyamnsning goli hisobni yanada yiriklashtirdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q