Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Yamal: "Real"ni kamsitdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Tili o‘tkir shu bolani

«Barselona»ning yosh vingeri Lamin Yamal La Ligadagi asosiy raqib haqida fikr bildirishdan bosh tortdi. 

Undan «Real» atrofidagi so‘nggi voqealar, xususan, Joze Mourin’yoning matbuot anjumaniga hakamlikdan norozilik bildirish maqsadida o‘yin lahzalarining chop etilgan suratlari bilan chiqqani haqida so‘rashdi.

«Rostini aytsam, bu mavzularga unchalik kirishmayman, menga bunday narsalar qiziq emas. «Barselona» g‘alaba qilib turgan ekan, boshqa gap yo‘q – faqat o‘z o‘yinimiz va yutuqlarimiz haqida gapirish mumkin», – deya Yamalning so‘zlarini TVEga tayanib, ispan nashri Sport keltiradi.

«Barselona» joriy mavsum La Ligada o‘tkazilgan yetti o‘yning barchasida g‘alaba qo‘zongan va musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Real» esa kataloniyaliklardan olti ochko kam to‘plagan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q