Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Yamal terma jamoada gol urishda Ronaldу va Messidan o‘zib ketdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Zoʻrdan zoʻri chiqarverarkan

«Barselona» yarim himoyachisi Lamin Yamal Ispaniya terma jamoasi safida o'ninchi golini urdi.

Seshanba kuni 19 yoshli futbolchi Millatlar ligasida Xorvatiyaga qarshi o'yinda dubl qayd etdi. U darvozani 2- va 63-daqiqalarda ishg'ol qildi. Ikkinchi gol Yamal uchun terma jamoa tarkibidagi yubiley, o'ninchi gol bo'ldi.

Qiziqi shundaki, Ispaniyaning yosh iste'dodi bu ko'rsatkichga Krishtianu Ronaldu va Lionel Messiga nisbatan ancha erta yetdi. Portugaliya va Argentina yulduzlari terma jamoalarida o'ninchi golini 21 yoshida urgan.

Umuman olganda, Lamin Yamal Ispaniya terma jamoasi safida 35 ta o'yin o'tkazgan. U shu vaqt mobaynida 10 ta gol urib, 14 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q