Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Yamalning gapi "Barsa"ning ikki yulduziga yoqmadi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Yoshlik qilib qo‘ydi

«Oltin to‘p» uchun kurash haqida so‘z ketar ekan, «Barselona»ning yosh vingeri Lamin Yamal yaqinidagi intervyusida o‘zini va Kilian Mbappeni dunyodagi eng kuchli ikki futbolchi deb hisoblashini aytgan edi. 

El Nacional nashri yozishicha, ushbu bayonot kataloniyaliklar kiyinish xonasida ma’lum darajada noqulay vaziyat yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan.

Ayniqsa, Yamanning gaplari jamoa hujumchilari Rafinya va Rodrigaga yoqmagani qayd etilmoqda. Ularning o‘zi ham o‘zini elita darajasidagi futbolchilar qatorida ko‘radi va yosh vingerning bu fikrini xush qabul qilmagan.

«Yulduzlarga to‘la kiyinish xonasida o‘zingni boshqalardan ustun qo‘yish haqidagi ochiq bayonot jamoadoshlarga nisbatan hurmatsizlik sifatida qabul qilinishi mumkin. Chunki ularning ham o‘zini dunyodagi eng yaxshi futbolchilardan biri, deb hisoblashga asoslari bor», — deya ta’kidlanadi maqolada.

Manbaga ko‘ra, endilikda bosh murabbiy Xansi-Diter Flik uchun eng muhim vazifalardan biri — vaziyatni nazorat ostiga olish va jamoa ichidagi muhit yomonlashib ketishining oldini olishdir.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q