Yana bir bokschimiz finalga yo‘l oldi
Ahmadbek Eshmatov
Hamyurtimiz mo‘g‘ilistonlik raqibidan ustun keldi.
Ayni kunlarda Tailandning Chiang May shahrida kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati davom etyapti.
Yurtdoshimiz Havasbek Asadullaev 71 kg da Mo‘g‘iliston vakili Byamba-Erdene Otgonbaatarni 4:1 hisobida mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi.
Ma’lumot uchun, oldinda bizni Javohir Ummataliev va xitoy taypeyilik Cheng-En Liu to‘qnashuvi kutmoqda.

Izohlar (0)