Yana bir yulduz Saudiyaga yo‘l olmoqda
«Arsenal» jamoasi vingeri Gabriyel Martinelli Saudiya Arabistonining «Al‑Hilol» klubiga o‘tishi mumkin. The Athletic nashriga ko‘ra, londonliklar uning transferi uchun taxminan 60 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.
Manba ma’lumoticha, saudiyaliklar hozircha ham «Arsenal» rahbariyati, ham 25 yoshli braziliyalik futbolchining vakillari bilan muzokara olib bormoqda.
Eng muhimi, Martinellining o‘zi ham Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tish variantiga qarshi emas.
Bundan oldin futbolchi «Galatasaray» klubining taklifini rad etgan edi. Turkiya grandi Martinelli uchun 45 million yevro to‘lashga tayyor bo‘lgan.
O‘tgan mavsumda Martinelli barcha musobaqalar doirasida 53 o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma amalga oshirdi. Shuningdek, futbolchi hisobida 2026 yildgi jahon chempionati saralash o‘yinlarida to‘rtta o‘yinda bir gol mavjud.

Fikrlar