Yangi murabbiyni bonuslar bilan siyplashadi

  • 07.04.2026 06:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ruminiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga yaqin o‘tishning mashhur futbolchisi George Xaji tayinlaninishi kutilyapti, chunki Mircha Luchesku o‘z ishini davom ettira olmaydigan bo‘ldi.

Ruminiy ommaviy axborot vositalarining yozishicha, taklif qilinayotgan shartnomaga ko‘ra, Xaji terma jamoada ish boshlashi bilan Luchesku bilan bir xil maosh oladi, asosiy qo‘shimcha to‘lovlar esa jamoaning xalqaro musobaqalarga chiqishiga bog‘liq bo‘ladi.

Xabarlarga ko‘ra, Ruminiya futbol federatsiyasi prezidenti Razvan Burlyanu Xaji bilan uchrashib, shartnoma tafsilotlari bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Rejalashtirilgan shartnomada Xajining oylik maoshi 27 000 evroni tashkil etadi, bu esa bir yilda 324 000 evro bo‘ladi.

Asosiy maoshdan tashqari, shartnoma natijaga qarab beriladigan bonuslarga katta e’tibor qaratilgan. Xususan, agar Ruminiya 2028 yildgi Yevropa chempionatiga chiqsa, Xaji 300 000 evro miqdorida qo‘shimcha bonus oladi.

Agar jamoa 2030 yildgi jahon chempionatiga yo‘llanma olsa, Xaji yana 500 000 evro bonusga ega bo‘ladi. Ruminiya matbuotining ta’kidlashicha, bu bonuslar uning yillik maoshidan ham ko‘proq.

Rasmiy shartnoma imzolangandan so‘ng, Xaji darhol o‘z vazifasiga kirishishi kutilmoqda. Uning birinchi sinov o‘yini 2 iyun kuni Tbilisi shahrida Gruziyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘ladi.             

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!