Yanvarda "Arsenal"dan ketmasam bo‘lmaydi!
Shvetsiyalik hujumchi Viktor Dyokeresh qishki transfer oynasida Londonning «Arsenal» klubini tark etishni rejalashtirmoqda. Football Italia nashrining yozishicha, futbolchiga Italiyaning ikki grandi — «Milan» va «Yuventus»dan jiddiy qiziqish bor.
Manbalarga ko‘ra, aynan ushbu jamoalarda Dyokeresh muntazam maydonga tushish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.
«Milan» va «Yuventus» hujumchini yozdayoq o‘z safiga qo‘shib olishga uringan, bu esa uning «Sporting»dan 70 million yevro evaziga «Arsenal»ga o‘tganiga bir yil to‘lmagan pallaga to‘g‘ri kelgan edi. O‘sha paytda esa futbolchi Angliya premer-ligasida o‘zini namoyon etishni maqsad qilgandi.
Joriy mavsumda Dyokeresh APL uchrashuvlarida «Arsenal» tarkibida biror marta ham asosiy tarkibda maydonga tushmadi. Shu bilan birga, u jamoaning Chempionlar ligasidagi har ikki o‘yinini asosiy tarkibda boshladi. Umuman olganda, shved hujumchisining «kanonirlar» safidagi hisobi 62 o‘yin va 21 goldan iborat.

Fikrlar