
Yanvarda Mbappe transferi bo‘yicha ish boshlanadi
“Real” mutasaddilari yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar vaqtida PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni Madridga olib kelish bo‘yicha ish boshlaydi.
Frantsiyalik to‘purarning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi yozda yakuniga etadi va qoidaga ko‘ra, har qanday klub erkin agentga aylanadigan o‘yinchi bilan yarim oldin muzokara o‘tkazib, dastlabki shartnomani tuzishi mumkin.
Relevo nashri mutaxassislari “Qirollik klubi” yanvarning ilk kunlaridayoq Kilian Mbappega aloqaga chiqishini ta’kidlashmoqda. Uchrashuv vaqtida hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.
Agar tomonlar o‘zaro kelisha olsa, “Real” Kilian Mbappe bilan mavsum yakunlanganidan keyin erkin agent sifatida bitim imzolaydi.
Ta’kidlash joizki, Mbappega Angliyaning bir necha grand klublari ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. PSJ ham asosiy to‘purarini saqlab qolish harakatini to‘xtatgani yo‘q.
Fikrlar