Yaxshi variant chiqib qoldi! "Inter" yulduzidan ayrilyapti
Endi uni ushlab qolish qiyin
Istanbulning mashhur «Fenerbahçe» klubi hozirda «Inter» safida to‘p surayotgan turk yarim himoyachisi Hakan Chalxano‘g‘luni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda.
Bu haqida insayder Ekrem Konur Xsports_tv manbasiga tayanib xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Italiya ning yetakchi jamoalaridan biri hisoblangan «Inter» qishki transfer oynasida 32 yoshli futbolchi bilan xayrlashishga tayyor.
Biroq bu qaror faqat klub va o‘yinchi yangi shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erisholmasa qabul qilinadi.
Hakan Chalxano‘glu 2021 yildan beri milanliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. U bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Mutaxassislar uning transfer qiymatini taxminan 16 million yevro atrofida baholamoqda.

Izohlar (0)