“Yerevan Mayor Cup” turniri. Ikki bokschimiz yarim finalda!
Armaniston poytaxti Yerevanda o‘tkazilayotgan, boks bo‘yicha “Yerevan Mayor Cup” turnirining bugungi kun dasturidan o‘rin olgan, Samandar Olimov ishtirokidagi jang yakunlandi. U mezbonlar vakili Arman Arzumanyangga qarshi bahs yuritdi. Qiziqarli kechgan jangda Olimov 4:1 hisobida g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘l oldi.
-70 kg vazn toifasi chorak final bahsida Iqboljon Xoldorov Moldova vakili Vladimir Nazimkoga qarshi ringga ko‘tarildi. Har uch raundda raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmagan holda, 5:0 hisobida g‘alabaga erishgan Xoldorov yarim finalga yo‘l oldi.
Ertaга ushbu turnir yarim finalida yana ikki vakilimiz To‘rabek Habibullaev hamda Shahzod Muzaffarovlar ringga ko‘tariladi. Bu haqida O‘zbekiston Boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar