Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

"Yirtqich" ovga chiqdi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Shakur Stivensonga raqib torildi.

2025 yil 22 fevral kuni Saudiya Arabistonida katta boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Unda WBC yo‘nalishi bo‘yicha amaldagi jahon chempioni Shakur Stivenson meksikalik Uilyam Cepedaga qarshi ringga ko‘tarilishi kerak edi. Ammo meksikalik sportchi jarohat olgani bois jangni tark etdi. Shundan so‘ng "yirtqich" laqabi bilan tanilgan sobiq mutlaq jahon chempioni Jorj Kambosos mazkur bo‘shliqni to‘ldirishga qaror qildi.

"Barcha muxlislar Stivenson va Cepeda jangini ko‘rishni xohladi, ammo bu amalga oshmayapti va hozircha imkonsiz bo‘lgani uchun men Shakur bilan kurashishni istardim. Cepeda Tevin Farmer bilan ajoyib, ammo og‘ir jang o‘tkazdi. Shu bois u sog‘ligini tiklash uchun vaqt ajratgani yaxshi", - deya Kambososning so‘zlarini keltirdi "BoxingScene".

Eslatib o‘tamiz, Shakur Stivenson o‘zining so‘nggi jangida germaniyalik Artyom Arityunyanni ochkolar bo‘yicha mag‘lubiyatga uchratgandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q