"Сити" yulduzi terma jamoadan haydaldi
Jahon futbolida eʼtibor markazida turgan voqealardan biri Jazoir terma jamoasida yuz berdi. Jamoaning yangi bosh murabbiyi Brahim Hemdani «Manchester Siti» himoyachisi Rayan Ait-Nurini terma jamoadan chetlatdi.
Bu haqida Jazoir futbol federatsiyasi rasmiy maʼlum qildi, ammo qaror sabablari ochiqlanmadi.
Shu bilan birga, norasmiy maʼlumotlarga koʻra, vaziyat Zambiyaga qarshi oʻyindan soʻng keskinlashgan. Jazoir ushbu bahsda 3:1 hisobida gʻalaba qozongan, Rayan esa bir necha bor almashtirish uchun qizishga chiqqaniga qaramay, maydonga tushirilmagan.
Uchrashuv yakunlangach, futbolchi oʻzining noroziligini jamoa ichida ancha keskin, diplomatiyaga xos boʻlmagan iboralar bilan bildirgani aytilmoqda. Uning soʻzlari oxir-oqibat Brahim Hemdaniga ham yetgan.
Manbalarga koʻra, bosh murabbiy bu holatni oʻz nufuziga zarba, deb baholagan va shundan soʻng Ait-Nurini terma jamoadan chetlatish qarorini qabul qilgan. Futbolchining yaqin vaqt ichida yana Jazoir terma jamoasiga qaytishi mumkinmi-yoʻqmi, hozircha aniq emas, deya xabar bermoqda derbyderbyderby.it.

Fikrlar