Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Yuventus" Nikolas Jeksonga ko‘z tikdi

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Futbolchi uchun asosiy da’vogar esa Bundesliga grandi

Taniqli jurnalist Janluka Di Martsioning xabariga ko‘ra, "Yuventus" Randal Kolo-Muanini olish borasida muzokaralar ijobiy yakunlanmasa, "Chelsi" forvardi Nikolas Jeksonga yo‘nalishi mumkin.

Ma’lumot uchun, "Yuventus" Kolo-Muani bo‘yicha PSJ bilan olib borayotgan muzokaralarni yakuniga etkaza olgani yo‘q. Shu bois, klub yozda hujumchi olish uchun alternativ variantlarni ko‘rib chiqmoqda.

Ayni paytda turinliklar "aristokratlar" bilan aloqa o‘rnatgan va muzokaralarda ilgarilashga harakat qilmoqda. Biroq, Jekson transferida asosiy da’vogar sifatida "Bavariya" ko‘rilayotgani qayd etilmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q