Asosiy mazmunga oʻtish

«Yuventus» Spallettiga o‘rinbosar tanladi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

«Yuventus» Antonio Konte o‘rniga asosiy nomzod sifatida Simone Indzagini bosh murabbiy etib tayinlashni rejalashtirmoqda.

Italiya matbuoti xabarlariga koʻra, «Yuventus» rahbariyati kelasi mavsum uchun bosh murabbiy nomzodini tanlashda Simone Indzagi variantiga ustunlik bermoqda.

Ayni paytda klub rahbariyati rejaning soʻnggi tafsilotlarini kelishmoqda. Asosiy maqsad — joriy mavsumni Lyuchano Spalletti bilan yakunlash va shundan keyin Indzagini jamoaga olib kelish. Agar «Yuventus» yaqin vaqt ichida inqirozdan chiqmasa, Indzagini zudlik bilan tayinlash varianti ham koʻrib chiqilmoqda.

Manbaga koʻra, Antonio Konte endi klub uchun ustuvor nomzod hisoblanmaydi.

Maʼlumot uchun, «Yuventus» Italiya chempionatida 8- oʻrinni egallab turibdi. Turinliklar 22 oktyabr kuni Yevropa ligasi doirasida «Renn»ga qarshi maydonga tushadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q