"Yuventus"da yana murabbiy almashadimi?

  • 20.05.2025 17:31
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Yuventus" sport direktori Kristiano Juntoli jamoaga Tiago Motta o‘rniga kelgan murabbiy Igor Tyudorning kelajagi haqida fikr bildirdi.

"Igor Tyudorning kelajagi? Aytaylik, u jamoaga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Har jihatdan yaxshi ish olib bormoqda. Tyudor biz bilan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etadi, keyin esa o‘ylab ko‘ramiz", - deya Juntolining so‘zlarini keltirdi Fabritsio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida.

Tyudor 2025 yilning mart oyidan buyon jamoani boshqarib kelmoqda. Hozirda, "Yuventus" A Seriyaning yakuniga 1 tur qolganda 67 ochko bilan  to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

"Keksa seniora" Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida  "G"-guruhidan o‘rin olib, BAAning "Al-Ayn", Angliyaning "Manchester Siti" va Marokashning "Vidad" jamoalariga qarshi o‘ynaydi.

 

Ismoilov Rahimjon

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!